Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Istanbulda 7 yil  avvalgi qotillik fosh etildi. Unda o‘zbekistonlik ayol o‘ldirilgan

Istanbulda 7 yil  avvalgi qotillik fosh etildi. Unda o‘zbekistonlik ayol o‘ldirilgan

Istanbulning Maltepe tumanida 2019-yildan beri bedarak deb hisoblangan O‘zbekiston fuqarosi – Hurriyat Tursunboyeva (36 yosh)ning qotillik qurboni bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u o‘z turmush o‘rtog‘i – 37 yoshli Ersin Y. tomonidan o‘ldirilib, jasadi bo‘laklarga bo‘lib tashlangan.

Jinoyat izi bedarak yo‘qolganlar ishini qayta ko‘rib chiqish jarayonida ochilgan. Politsiya maxsus guruh tuzib, ayolning yaqinlari va qo‘shnilaridan so‘rov o‘tkazgan. Qo‘shnilar o‘sha paytda erkak ayolini «deportatsiya qilingan» deb tushuntirganini, biroq uydan noxush hid kelganini aytgan.

Tekshiruv davomida ayolning Turkiyadan chiqib ketgani haqida hech qanday rasmiy ma’lumot topilmagan. Unga tegishli telefon raqami ham o‘sha davrda mamlakat ichida faol bo‘lgani aniqlangan.

Prokuratura ko‘rsatmasi bilan o‘tkazilgan ekspertizada uyda maxsus kimyoviy usul orqali tekshiruv o‘tkazilib, oshxona va balkon qismida qon izlari topilgan.

Shundan so‘ng gumonlanuvchi – ayolning turmush o‘rtog‘i hamda uning tanishi qo‘lga olindi.

So‘rov jarayonida asosiy gumonlanuvchi ayoli bilan janjal vaqtida uni urib o‘ldirganini tan olgan. Uning aytishicha, jasad avval balkonga chiqarilgan va hidni yashirish uchun qum va ohak ishlatilgan. Keyin esa jasad bo‘laklab, chiqindixonaga tashlab yuborilgan. Gumonlanuvchi shu orqali izlarni yo‘qotishga uringan.

Ikkinchi gumonlanuvchi esa qotillikdan xabari bo‘lmaganini, faqat shaxsiy ma’lumotidan foydalanishga ruxsat berganini bildirgan.

Tergov harakatlari yakunlangach, har ikki gumonlanuvchi bo‘yicha yig‘ilgan hujjatlar sudga yuborilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring