Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Makrondan Trampga qarshi navbatdagi bayonot

Makrondan Trampga qarshi navbatdagi bayonot

Foto: AP

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron o‘rta darajadagi davlatlarni AQSh va Xitoy gegemonligiga qarshi birlashishga chaqirdi. Bu masalaga u Osiyo turnesi davomida to‘xtalgan.

Makron Janubiy Koreya va Yaponiyaga tashrifi mobaynida AQSh va Isroilning Eronga hujumi ortidan Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali kema qatnovi izdan chiqqani va energetika manbalari narxi keskin oshganini muhokama qilgan.

Fransiya rahbari AQSh va Xitoyga qarshi ittifoq tarkibiga Janubiy Koreya va Yaponiya bilan birga Avstraliya, Braziliya, Kanada va Hindiston kirishi kerakligini ta’kidlagan. Uning fikricha, mazkur davlatlar sun’iy intellekt, fazo, energetika, yadro energetikasi va mudofaa sohalarida hamkorlikda ishlashi mumkin.

«Maqsadimiz – ikki buyuk davlat gegemonligi qarshisida vassal bo‘lib qolmaslik», – degan Makron Seuldagi uchrashuvda.

Ta’kidlanishicha, Fransiya Xitoyga tobe bo‘lib qolish hamda AQShning mavhum-mubham siyosatiga ko‘nishni istamaydi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushini ochiq tanqid qilgan kam sonli siyosatchilardan biridir. U Vashington va Tel-Avivning hujumlari xalqaro huquqqa zid ekani va masalani diplomatik yo‘l bilan hal qilish zarurligini aytgan

Fransiya, shuningdek, Eronga qarshi urush doirasida harakatlanayotgan AQSh harbiy samolyotlariga o‘z osmonini yopdi.

Bundan AQSh prezidenti Donald Tramp darg‘azab bo‘lgani ma’lum.

Emmanuel Makronning fikricha, Tramp ma’muriyati Yevropa Ittifoqini parokanda qilishga urinmoqda.

Makron Trampning Grenlandiyaga egalik borasida da’volariga ham keskin e’tiroz bildirib kelmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring