Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp «Eronni bir kechada yo‘q qilish» bilan tahdid qildi

Tramp «Eronni bir kechada yo‘q qilish» bilan tahdid qildi

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi tahdidlarini takrorladi va Vashington vaqti bilan 7 aprel kuni kechqurun Ho‘rmuz bo‘g‘ozini kemalar uchun ochishni talab qildi. 

«Butun mamlakatni bir kechada yo‘q qilish mumkin — va bu tun ertaga bo‘lishi mumkin», dedi u Oq uyda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida u. 

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Amerika qo‘shinlari Eron bilan urushda «juda yaxshi» harakat qilmoqda. 

Tramp jurnalistlar bilan suhbatini Eron ustida urib tushirilgan Amerika F-15 uchuvchilarini qutqarish operatsiyasining muvaffaqiyatini aytib berishdan boshladi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, operatsiyada 170 dan ortiq harbiy samolyot ishtirok etgan: 21 ta samolyot birinchi uchuvchini evakuatsiya qilgan va yana 155 tasi ikkinchisini qutqargan. 

«Men ushbu tarixiy operatsiyalarda ishtirok etgan har bir harbiy xizmatchiga minnatdorchilik bildirmoqchiman», —deya qo‘shimcha qildi u. 

Dushanba kuni Eron va Qo‘shma Shtatlar Pokiston tomonidan harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha takliflar olganini bildirdi, ammo kun davomida boshqa qarama-qarshi xabarlar paydo bo‘ldi. Kelishuvga erishish imkoniyati bor-yo‘qligi noma’lumligicha qolmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring