Qirg‘iziston AQSh fuqarolari uchun vizasiz rejimni qayta ko‘rib chiqishi mumkin
Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Edil Baysalov AQSh fuqarolari uchun amaldagi vizasiz rejimni qayta ko‘rib chiqish zarurligini bildirdi. U bu haqda X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
«Kecha AQSh Davlat departamenti tomonidan e’lon qilingan yangi viza talablaridan so‘ng, AQSh fuqarolari uchun vizasiz rejimni qayta ko‘rib chiqish tashabbusini ko‘tarishimiz kerak, deb hisoblayman», – dedi Baysalov.
Uning ta’kidlashicha, viza siyosati – paritet (tenglik) va o‘zaro hurmat masalasidir.
«Agar fuqarolarimiz uchun bunday yuqori to‘siqlar joriy etilsa, hech narsa bo‘lmaganday munosabatda bo‘lishimiz mumkin emas», – deya qo‘shimcha qildi rasmiy.
Eslatib o‘tamiz, yangi talablarga ko‘ra, Qirg‘iziston fuqarolari AQSh vizasiga ariza topshirishda 15 ming dollargacha vizaviy garov puli kiritishlari shart. Shu bilan birga, ushbu garov vizaning berilishini kafolatlamaydi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter