Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sadir Japarovning 2024 yilda qancha ishlab topgani aytildi  

Sadir Japarovning 2024 yilda qancha ishlab topgani aytildi   

Qirg‘izistonda soliq organlari 2024 yil uchun davlat va munitsipal xizmatchilarning daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni e’lon qildi. Shundan so‘ng mamlakat prezidenti Sadir Japarovning ham qancha daromad olgani ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Davlat soliq xizmati tomonidan e’lon qilingan deklaratsiyalarda prezident Sadir Japarovning 2024 yildagi daromadi 2,2 million som (305 mln so‘mdan ko‘proq)ni tashkil etgan.

Nashrda ta’kidlanishicha, prezidentga 2,6 ming kvadrat metr maydonga ega biznes-markaz, Issiqko‘l viloyatining To‘p tumanida joylashgan 63 sotix qishloq xo‘jaligi yerlari hamda 21 sotix yer uchastkasi tegishli. Harakatlanuvchi mulk sifatida esa unga 100 ming som (taxminan 14 mln so‘m) baholangan «Jiguli» avtomobili qayd etilgan.

Shu bilan birga, deklaratsiyada 1,1 milliard som (151,1 milliard so‘m) «pullarni qonuniylashtirish» sifatida ko‘rsatilgan. Bu oddiy qilib aytganda — avval rasmiy hisoblarda ko‘rsatilmagan pullarini keyin qonuniylashtirib, rasmiylashtirish demak.

Prezidentning yaqin qarindoshlarining daromadlari esa 29,7 million somni (173,6 million tengedan ortiq) tashkil etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring