Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Shoushenkdan qochgan» hindistonlik ushlandi

«Shoushenkdan qochgan» hindistonlik ushlandi

Foto: Pixabay

Hindistonning Varanasi shahrida rafiqasining o‘limida ayblanib qamoqqa tushgan Ramjit Yadav Yadav «Shoushenkdan qochish» filmidagi Endi Dyufreynning hiylasini qo‘lladi. Bu haqda The Times of India xabar berdi.

«Shoushenkdan qochish» (1994) filmidan kadr

Ramjit qamoqxona chek daftarchasini garovga qo‘yib ozodlikka chiqqan va qamoqxona hisobidan 30 ming rupiy (338 dollar atrofida) yechib olgan.

Unga o‘ziga o‘xshagan mahkum, qamoqxona bosh hisobchisi va qo‘riqchi ko‘maklashgan. Ramjit qamoqxona boshlig‘i nazoratidagi bank hisobidan o‘z hisobiga pullarni o‘tkazib olgan.

Qamoqxona boshlig‘i oradan to‘rt oy o‘tib hisobdan 2,6 ming rupiy shubhali yechib olinganini payqadi. Shundan so‘ng qamoqxona ma’muriyati hisobdan chiqarilgan o‘tkazmalarni o‘rganishni va ichki tekshiruvni boshladi. Natijada turma xodimlari, bir mahkum va Yadav Yadavning firibgarlikka aloqadorligi fosh bo‘ldi. Jinoyatning to‘rt ishtirokchisini politsiya hibsga olgan.

Avvalroq Amerikaning «Egrilik sari» serialidan ilhomlangan hindistonlik ikki o‘qituvchi yashirin narkolaboratoriya ochishgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring