Tojikistonda soqol va hijob taqiqlangani rad etildi
Tojikiston Din ishlari, milliy an’analar, tantanalar va marosimlarni tartibga solish qo‘mitasi mamlakatda soqol qo‘yish va hijob kiyish qonun bilan taqiqlangani haqidagi xabarlarni rad etdi.
So‘nggi kunlarda qator xorijiy OAV va ijtimoiy tarmoqlarda erkaklarga soqol, ayollarga esa hijob taqiqlangani, hatto bu talablarni buzganlarga yirik jarimalar qo‘llanishi haqidagi xabarlar tarqalgan edi.
Shuningdek, ayrim xabarlarda fuqarolar har hafta soqolini oldirganini tasdiqlovchi suratlarni davlat idoralariga yuborishi shartligi ham da’vo qilingan.
Biroq qo‘mita bu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirib, Tojikiston qonunchiligida soqol yoki hijobni taqiqlovchi yangi qonun qabul qilinmaganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, tarqalgan xabarlarning aksariyati ikki yil avvalgi eski ma’lumotlar asosida yana qayta tarqatilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter