Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

 «Ukraina eng og‘ir tanlovlar qarshisida turibdi...» – Zelenskiy

 «Ukraina eng og‘ir tanlovlar qarshisida turibdi...» – Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 21-noyabr kuni millatga murojaat qilib, mamlakat tarixidagi eng murakkab qarorlardan biri oldida turganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Ukraina «qadr-qimmatiini yo‘qotish» yoki «asosiy hamkorini yo‘qotish» xavfi o‘rtasida turibdi.

Zelenskiyning ta’kidlashicha, mamlakatga 28 ta murakkab shartlar taklif qilinmoqda, aks holda ukrainlar uchun juda og‘ir qish kutilyapti.

«Bizdan ikki marta hujumiga uchraganimiz – qarshi tomonga (Rossiya) ishonishimizni kutishyapti. Ular aniq javobni so‘rayapti. Biz esa xotirjam, biroq tezkor tarzda AQSh va boshqa sheriklar bilan ishlaymiz. Dushmanga «Ukraina tinchlikni istamaydi» degan bahona aytishiga sabablarni qoldirmaymiz», – dedi Zelenskiy.

U prezident sifatida tinchlik rejasida ikki muhim prinsip saqlanishini talab qilishini bildirdi: «ukraina xalqining sha’ni» va «erkinligi».

«Biz barcha imkoniyatni ishga solamizki, urush tugasin, ammo Ukraina, Yevropa va global tinchlik yo‘q bo‘lmasin», – dedi u.

Zelenskiy ukrain xalqining charchaganini, ammo matonatini ham e’tirof etdi: «Biz to‘rt yildan beri ulkan bosqinchi armiyani to‘xtatib turibmiz. Biz po‘latdek baquvvatmiz, biroq hatto eng mustahkam metall ham bir kun sinashi mumkin».

Uning aytishicha, urushning birinchi kuni ukrainlar bosqinchiga «orqa bilan turmagani» mamlakat sha’ni va erkinligining eng katta belgisi bo‘lgan.

«Rossiya uchun eng qo‘rqinchlisi – ukrainlarning birdamligi. Shu bois bugun bizga ichki birlik har qachongidan ham ko‘proq kerak. Odamlar, fuqarolar, siyosatchilar – to‘planishimiz, kelishmovchilk va siyosiy o‘yinlarni to‘xtatishimiz kerak», – dedi Zelenskiy ichki siyosiy nizolar davlat manfaatlariga zarar keltirayotganini ta’kidlab.

U tinchlik muzokaralarida xalqning qo‘llab-quvvatlashi juda muhimligini ta’kidlaydi va «ortida Ukraina xalqi turganini bilsa», munosib tinchlikka erishish o‘ziga osonroq bo‘lishini aytadi.

Zelenskiyning aytishicha, yaqin kunlarda Ukrainaga bosim yanada ortadi, dushman esa jamiyatni parokandalikka urinishda davom etadi.

«Bizni bir-birimizga qarshi qo‘yishga harakat qilishadi. Biz bu imkoniyatni dushmanga bermasligimiz shart», – dedi u.

«Biz ichida birlashishimiz kerak. Men ishonaman va bilaman – men yolg‘iz emasman», – deydi Zelenskiy murojaati yakunida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring