Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangi kasallikdan 155 kishi vafot etdi

Yangi kasallikdan 155 kishi vafot etdi

Ishchi ko‘chaga insektitsid sepmoqda. Foshan, Xitoy.

Foto: Getty Images

Jahonda 2025-yil boshidan buyon chikungunya bezgagi bilan kasallanishning 445 mingdan ortiq tasdiqlangan va taxmin qilingan holatlari qayd etildi. Kasallikdan 155 kishi vafot etdi, deb bayonot berdi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST).

Tashkilot kasallikning dunyo bo‘ylab yanada keng tarqalish imkoniyatini yuqori deb baholadi.

Kasallanish holatlari 40 ta mamlakatda qayd etilgan.

2025-yilda chikungunya, ayniqsa, Amerika mamlakatlariga qattiq ta’sir ko‘rsatdi yil boshidan buyon 100 329 ta tasdiqlangan holat va 228 591 ta taxmin qilingan holat qayd etilgan, 115 kishi vafot etgan. Keyingi o‘rinlarda Yevropa (56 456 ta tasdiqlangan holat, 40 tasi o‘limga olib kelgan) va Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasi (3 420 ta tasdiqlangan va 21 299 ta taxmin qilingan holat).

Kasallikni yuqtiruvchi chivin.

Chikungunya isitma, bo‘g‘im va mushaklarda kuchli og‘riq, ko‘ngil aynishi, charchoq, toshmalar, bo‘g‘imlarning shishishi kabi belgilar bilan kechadigan xastalik. Kasallik tashuvchilari Aedes aegypti va Aedes albopictus turidagi chivinlar bo‘lib, ular boshqa viruslarni, shu jumladan Denge bezgagini ham yuqtirishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring