Yaqin Sharqdagi urush Sudanda ichimlik suvi tanqisligiga sabab bo‘ldi
Yaqin Sharqdagi urush global bozorlarga ta’sir ko‘rsatib, Sudanda ichimlik suvi tanqisligiga sabab bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, mamlakatda suv ta’minoti asosan yer osti suvlarini nasoslar orqali chiqarishga bog‘liq. Bu jarayon esa dizel yoqilg‘isida ishlaydigan generatorlar yordamida amalga oshiriladi.
Eron tomonidan Ho‘rmuz bo‘g‘ozi cheklanganidan so‘ng yoqilg‘i xarajatlari oshgan va bu suv narxiga ham ta’sir qilgan. Natijada ichimlik suvi narxi taxminan 30 foizga ko‘tarilgan.
Ayni paytda kuchli issiqlik davrida suvga bo‘lgan ehtiyoj yanada ortib bormoqda.
Mutaxassislarning qayd etishicha, ko‘plab oilalar endilikda toza ichimlik suvini xarid qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lib, xavfli manbalardan suv iste’mol qilishga majbur.
Bu esa turli xil kasalliklar tarqalish xavfini oshirmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter