Zelenskiy Ramzan Qodirovni qo‘lga olish haqida gapirdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Qo‘shma Shtatlarni Chechenistonga desant tashlab, Ramzan Qodirovni qo‘lga olishga chaqirdi. Bu xuddi Vashington Venesuela yetakchisi Nikolas Maduro ushlaganday bo‘lishi lozim, deya xabar beradi RBK-Ukraina.
Zelenskiy AQSh Rossiyaga bosim o‘tkazishi kerakligini aytdi. U AQShning Venesueladagi operatsiyasini misol qilib keltirdi, unda Maduro qo‘lga olinib, mamlakatdan olib chiqilgandi. Ukraina rahbarining so‘zlariga ko‘ra, butun dunyo bu operatsiya natijalarini ko‘rdi.
«Ular buni tezda amalga oshirdilar. Xo‘sh, ular Qodirov bilan ham qandaydir operatsiya o‘tkazishsin», deb qo‘shimcha qildi Zelenskiy va Qo‘shma Shtatlarning bunday harakati Rossiya prezidenti Vladimir Putinga bosim bo‘lishini ta’kidladi.
Avvalroq Ukraina prezidenti Venesueladagi voqealar haqida fikr bildirgan edi.«Qo‘shma Shtatlar bundan keyin diktatorlarni nima qilishni biladi», dedi Zelenskiy.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter