“Mikrokreditbank” raisi chimboylik tadbirkor va faollar bilan uchrashdi
Hududlarda mahalla tizimini yanada takomillashtirish, mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ana shu jarayonlar bilan tanishish maqsadida, 22-23-oktyabr kunlari “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruvi raisi O.Butayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumaniga tashrif buyurdi.
22-oktyabr kuni Chimboy tumani hokimligi binosida “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruvi raisi O.Butayev tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi va ularning takliflari, muammolari bilan qiziqdi.
23-oktyabr kuni esa Chimboy tumanidagi “Temirjo‘l” mahallasida hokim yordamchilari, mahalla bankirlari va mahalla agentlari bilan uchrashdi. Shundan so‘ng xonadonlarda amalga oshirilayotgan mikroloyihalar bilan tanishdi va aholi takliflaridan kelib chiqib, mas’ullarga zarur topshriqlarni berdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter