Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mehrga to‘la maskan

Mehrga to‘la maskan

Buxoro shahrining “Dilkusho” mahallasida zamonaviy ko‘rinishga ega, yangi maskan — xususiy bolalar bog‘chasi ish boshladi.

Mazkur muassasa mahalliy tadbirkor Shaxnoza Murodova tomonidan Mikrokreditbankning moliyaviy ko‘magida tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining biznes tashabbuslarini moliyalashtirishga doir qarori asosida bank tomonidan ushbu loyiha uchun 300 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilgan bo‘lib, mablag‘lar bog‘chani zamonaviy jihozlashga yo‘naltirilgan.

2025-yil sentyabr oyida ishga tushgan 50 o‘rinli bog‘chada bugun 25 nafarga yaqin bolajon tarbiyalanmoqda. Bog‘chada bolalarning sog‘lom va har tomonlama rivojlanishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan.

Ayniqsa, yasli yoshidagi bolajonlar uchun ham alohida tarbiyachilar ajratilgani, ota-onalarning bu maskanga bo‘lgan ishonchi ortayotganidan dalolatdir.

Mikrokreditbank ta’lim-tarbiya maskanlarini rivojlantirishga hissa qo‘sha oladigan tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring