Mol-mulk taqiqi davlat ijrochisi tomonidan bekor qilinishi mumkin bo‘ladi
Mol-mulkka nisbatan qo‘yilgan taqiqlar davlat ijrochisi tomonidan bekor qilinishi mumkin bo‘ladi.
Qonun (O‘RQ–1119-son, 04.03.2026 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra, agar undiruvchi realizatsiya qilinmagan mol-mulkni o‘zida qoldirish taklifga rozilik bersa, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi idoralar tomonidan mol-mulkka nisbatan qo‘yilgan taqiqlar davlat ijrochisining qarori asosida bekor qilinadi.
Davlat ijrochisining qarori unda ko‘rsatilgan shaxsga mol-mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (hisobga qo‘yish) uchun asos bo‘ladi.
Bunda mol-mulk bo‘yicha mavjud majburiyatlar uning sobiq egasi bo‘lgan qarzdor zimmasida qoladi, bundan undiruvchi mazkur majburiyatlarni bajarishni ixtiyoriy ravishda o‘z zimmasiga olgan hollar mustasno.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter