Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston va Belarus ekspertlari ekologik ekspertiza sohasida hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekiston va Belarus ekspertlari ekologik ekspertiza sohasida hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Davlat ekologik ekspertizasi markazida Belarus Respublikasi Tabiat resurslari va atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Davlat ekologik ekspertizasi, kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash Respublika markazi delegatsiyasi bilan hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur Memorandum ikki davlat o‘rtasida ekologiya sohasidagi ilmiy-amaliy aloqalarni rivojlantirish va kadrlar salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan. Memorandumning asosiy yo‘nalishlari:

- Atrof-muhitga ta’sirni baholash, davlat ekologik ekspertizasi jarayonlarini takomillashtirish va zamonaviy ilmiy yondashuvlarni amaliyotga joriy etish.

- O‘zbekiston va Belarus ekspertlari uchun qo‘shma seminarlar, malaka oshirish kurslari va ilmiy-amaliy forumlarni o‘tkazish orqali tajriba almashishni kuchaytirish.

- Ekologik ekspertiza jarayonlarida raqamli ma’lumotlar bazasi, onlayn tahlil tizimlari va innovatsion usullarni joriy etish bo‘yicha hamkorlik qilish.

- Ikki mamlakat olimlari va mutaxassislari o‘rtasida ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash sohasida qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirish..

- Hamkorlikda ekologik normalar va qoidalar, standartlar, uslubiy va o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqish

- Ekologik ekspertiza va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida xalqaro tashabbuslar doirasida birgalikda ishtirok etish.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring