Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

108 gektar maydonda Milliy dendrologiya bog‘i tashkil qilindi

108 gektar maydonda Milliy dendrologiya bog‘i tashkil qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘chat ekish tadbirida ishtirok etib, Milliy dendrologiya bog‘ini barpo etishga start berdi. Bu haqda Prezident axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur bog‘ tashkil etilayotgan hududdagi «Yashil» universitet hududida «Ilm – loyiha – amaliyot» zanjiri asosida barpo etilayotgan «in-vitro» laboratoriyasi, Dorivor o‘simliklar hamda Urug‘chilik va seleksiya markazlari ham shu yilning o‘zida ishga tushiriladi.

Shavkat Mirziyoyev tadbirda qatnashayotgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘rmonlar bo‘yicha forumi raisi Ismoil Belen, ushbu forumning Kotibiyati direktori Julet Biao, xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi diplomatik korpusi vakillari hamda barcha ishtirokchilarga samimiy minnatdorchilik bildirdi.

So‘ng prezident tadbir qatnashchilari bilan birgalikda Milliy dendrologiya bog‘ining ilk 5 gektarida manzarali ko‘chatlar ekdi. Shu paytning o‘zida O‘zbekiston hududlarida 21 mingga yaqin vatandoshlar yana 164 gektar maydonda 88 ming tup ko‘chat o‘tqazdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring