Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avstraliya BAAni himoya qilish uchun Fors ko‘rfaziga harbiylarini jo‘natadi

Avstraliya BAAni himoya qilish uchun Fors ko‘rfaziga harbiylarini jo‘natadi

Avstraliya hukumati Birlashgan Arab Amirliklari iltimosiga binoan Fors ko‘rfazi mintaqasiga harbiy kuchlar yuborishini ma’lum qildi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Entoni Albaniz bayonot berdi.

Uning aytishicha, missiya doirasida mintaqadagi xavfsizlikni kuchaytirish maqsadida razvedka samolyoti, «havo–havo» turidagi raketalar hamda taxminan 85 nafar harbiy xizmatchi yuboriladi.

Albanizning ta’kidlashicha, bu choralar Eron tomonidan bo‘lishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy hujumlardan Birlashgan Arab Amirliklarini himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, missiya faqat mudofaa xarakteriga ega.

Hukumat ma’lumotiga ko‘ra, operatsiya taxminan to‘rt hafta davom etishi rejalashtirilgan. Shuningdek, u Yaqin Sharqda bo‘lib turgan Avstraliya fuqarolari xavfsizligini ta’minlash maqsadini ham ko‘zlaydi.

Rasmiylar bu qaror Avstraliyaning urushga kirishini anglatmasligini, balki ittifoqchi davlatni qo‘llab-quvvatlash va havo mudofaasi tizimini kuchaytirishga qaratilganini ta’kidlamoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mojaro boshlangan paytda Yaqin Sharq mamlakatlarida taxminan 115 ming nafar Avstraliya fuqarosi bo‘lgan. Ularning qariyb 24 ming nafari Birlashgan Arab Amirliklarida yashaydi

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring