«Barselona» 16-marta Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi
Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan Ispaniya Superkubogi finali — El-klasikoda «Barselona» «Real Madrid»ni yengib, 16-marta ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, «Barselona» qatorasiga ikki marta Ispaniya Superkubogida zafar quchgan ilk klubga aylandi.
Rafinya 36-daqiqada «Barselona»ni hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi taymdagi keyingi uchta gol qo‘shib berilgan daqiqalarda urildi: 45+2-daqiqada «Real» vingeri Vinisius Junior hisobni tenglashtirdi. Oradan ikki daqiqa o‘tib Robert Levandovski kataloniyaliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Yana ikki daqiqadan so‘ng Gonsalo Garsiya hisobni tenglashtirdi.
73-daqiqada Rafinya dublni rasmiylashtirdi. Ikkinchi taym oxirlarida madridliklarning xavfli zarbalarini qaytargan darvozabon Joan Garsiya «Barselona»ning g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.
Ispaniya Superkubogi. Final
Barselona – Real Madrid 3:2
Gollar: Rafinya (36, 73), Levandovski (45+4) — Vinisius (45+2), Garsiya (45+6)
Chetlatish: Frenki dye Yong (90+1)
«Real» Ispaniya Superkubogiga 13 marta sazovor bo‘lgan. «Atletik» (Bilbao) va «Deportivo» futbolchilari uch martadan superkubokni boshlari uzra ko‘targan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter