Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Filippindagi zilzilada salkam 70 kishi halok bo‘ldi

Filippindagi zilzilada salkam 70 kishi halok bo‘ldi

Foto: The Independent

Filippindagi zilzila qurbonlari soni 69 nafarga yetdi. Bu haqda hukumat brifingi ma’lumotlariga asoslanib Reuters xabar berdi.

Kecha, 30-sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:00 lar atrofida (O‘zbekiston vaqti bilan 19:00) Sebu muzofoti sohillari yaqinida 6,9 magnitudali zilzila yuz berdi. Uning o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashgan. Zilziladan so‘ng bir nechta aftershok qayd etildi, ulardan eng kuchlisi 6 ballni tashkil etdi.

Manba: The New York Times

Tabiiy ofat qurbonlarining barchasi — sebuliklar. Bundan tashqari, 150 kishi jarohatlangan. Yer silkinishidan San-Remijio munitsipaliteti talafot ko‘rdi.

Aholisi 3,5 mln kishiga yaqin Sebu Filippindagi eng ommalashgan sayyohlik yo‘nalishlaridan sanaladi.

Filippin Tinch okeanining faol vulqonlarga boy va zilzilalar ko‘p kuzatiluvchi «olovli halqasi»da joylashgan. 2023-yilda mamlakatda 6,7 magnitudali zilzila oqibatida sakkiz kishi halok bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring