Internetni o‘chirish bo‘yicha «chempion mamlakatlar» qancha zarar ko‘rdi?
2025-yilda Rossiya internetni o‘chirish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Ortda qolgan yilda mamlakatning deyarli butun aholisi — qariyb 146 million kishini qamrab olgan 37 166 soatlik blokirovkalar qayd etilgan.
Ekspertlar Rossiya internet uzilishidan ko‘rgan iqtisodiy zararni 11,9 milliard dollar (taxminan 930 milliard rubl)ga baholashdi.
O‘tgan yili internetni o‘chirish bo‘yicha «chempionlikka da’vogar» mamlakatlar qatoriga Venesuela (5 952 soat), Myanma (9 888 soat) va Pokiston (11 482 soat) ham kirgan. Sanalgan davlatlarning har biri internetni bloklash oqibatida 1 milliarddan qariyb 2 milliard dollargacha iqtisodiy zarar ko‘rgan.



Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter