Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kelinning 240 ming dollarlik uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

Kelinning 240 ming dollarlik uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

Toshkentda bo‘lajak turmush o‘rtog‘ini aldab, uning uyini blogerga sotib yuborgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida Sh. R. (1997 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan)ga oid jinoyat ishini birinchi instansiyada ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni yakunlandi. Bu haqda Oliy sud xabar bermoqda. 

E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra Sh. R. Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi.

Sh. R.ga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Shu bilan birga sudlanuvchi Sh. R.dan jabrlanuvchilar J. Yu. foydasiga 3 448 701 208 so‘m, S. S. foydasiga 925 769 852 so‘m va J. A. foydasiga 464.672.126 so‘m miqdorida zarar undirilishi belgilandi.

Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, “Katta Oqtepa” MFY, Oqtepa ko‘chasi, 5A/3,4-uy yuzasidan tuzilgan oldi-sotdi shartnomalarini bekor qilish bo‘yicha fuqarolik ish yuritish tartibida murojaat qilish huquqi tushuntirildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining ushbu hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga apellyasiya/kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest keltirishga haqlidir.

Shuningdek, sudning alohida ajrimi bilan Sh. R.ga oid jinoyat ishi yuzasidan boshqa shaxslarga nisbatan jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda Mirzo Ulug‘bek tuman prokuraturasiga xabar qilinishi belgilandi. Mazkur ajrimdan norozi tomon o‘n sutka muddat ichida Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining apellyasiya instansiyasiga xususiy shikoyat yoki xususiy protest keltirishi mumkin.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring