Myanmadagi portlashda 46 kishi halok bo‘ldi: tafsilotlar
Myanmadagi portlashda o‘nlab odamlar halok bo‘ldi va jarohat oldi.
Fojia Myanmaning shimoli-sharqida, Kaungtup qishlog‘ida (Namxkam tumani) sodir bo‘lgan. Mahalliy qutqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, konchilik kompaniyasi binosida portlovchi moddalar saqlangan bo‘lishi mumkin.
Associated Press va The Washington Post mahalliy favqulodda xizmatlarga tayanib xabar berishicha, portlashda 46 kishi halok bo‘lgan va 70 dan ortiq kishi jarohatlangan.
Halok bo‘lganlar orasida bolalar ham borligi aytilmoqda.
Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash joyi yaqinidagi o‘nlab uylar shikastlangan. Gelignit portlashi ulkan hodisaning ehtimoliy sababi bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, may oyi oxirida Xitoydagi ko‘mir konida sodir bo‘lgan portlash 80 dan ortiq ishchining hayotiga zomin bo‘ldi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter