Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Navro‘z sadolari» XII xalqaro festivali boshlandi

«Navro‘z sadolari» XII xalqaro festivali boshlandi

Foto: O‘zbekiston davlat filarmoniyasi axborot xizmati

Toshkentdagi «Turkiston» san’at saroyida «Navro‘z sadolari» milliy cholg‘ular ko‘p ovozli ansambl va orkestrlari XII xalqaro festivalining ochilish marosimi o‘tkazildi.

Festival arafasida soha vakillari, tajribali mutaxassislar va ishtirokchi jamoalar vakillari uchun anjuman tashkil etildi. Unda festival koordinatori, O‘zbekiston san’at arbobi Feruza Abdurahimova ushbu ijodiy jarayonning maqsadi va mohiyati haqida gapirib, yillar davomida mazkur festival yangi iste’dodlarni kashf qilishda munosib ahamiyat kasb etayotganini alohida ta’kidladi va muntazam qo‘llab-quvvatlab kelishayotgani uchun hamkor tashkilotlar vakillariga samimiy tashakkurlarini izhor etdi.

Festival ochilish marosimida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi bosh direktori Anvar Tojiboyev so‘zga chiqib, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi hamda bir qator hamkor tashkilotlar tomonidan o‘tkazib kelinayotgan mazkur san’at bayramining yildan yilga nufuzi ortib borayotganini alohida ta’kidladi va barcha ijodiy jamoalarni samimiy tabriklab, ularning festivaldagi ishtiroklariga omad tiladi.

Bugun festivalning ijodiy tanlovlariga start berildi. Festival dasturiga ko‘ra, uch kun davomida barcha jamoalarning chiqishlari Hakamlar hay’ati tomonidan baholab boriladi hamda yakunda g‘oliblarni taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring