Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonlik mehnat muhojirlari: qayerda va qancha?

O‘zbekistonlik mehnat muhojirlari: qayerda va qancha?

Jahongir Qahhorov, Avstraliyadagi Flinders universiteti professori

Ayni paytda xorij davlatlarida mehnat muhojirligida yurganlar O‘zbekiston fuqarolari soni 2,1 mln kishini (shundan 1,6 mln nafari erkaklar, 607,5 ming nafari xotin-qizlar, 590 ming nafari esa yoshlar) tashkil etadi.

Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi ma’lum qildi.

Mehnat muhojirlari hududlar kesimida:

  • Rossiyada – 1 163,8 ming (53 foiz);
  • Qozog‘istonda – 522,5 ming (24 foiz);
  • Turkiyada – 168,3 ming (8 foiz);
  • Koreyada – 74,5 ming (3,4 foiz);
  • Va boshqa davlatlarda – 182,6 ming (8,4 foiz).

Xorijdagi o‘zbekistonliklar 2025-yilning 5 oy davomida 6,4 mlrd dollar miqdorida pul o‘tkazmalarini amalga oshirgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yil shu davriga nisbatan 1,3 mlrd dollar yoki 27 foizga oshgan (2024 yil 5 oyida 5 mlrd dollar).

Shuningdek, 2025-yilning 5 oy davomida xorijdagi 84,9 ming vatandoshga Agentlik vakolatxonalari tomonidan axborot-maslahat, huquqiy, ijtimoiy va moddiy yordamlar xizmatlari ko‘rsatildi.

Reintegratsiya tadbirlarida esa 211,4 ming nafar vatandosh O‘zbekistonga qaytarib kelingan. Shundan Rossiyadan – 116,8 ming, Qozog‘istondan – 46,4 ming, Turkiyadan – 13 ming, Koreyadan – 2,8 ming va boshqa davlatlardan – 32,3 ming nafar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring