Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonliklar qaysi mamlakatlarga eng ko‘p safar qilmoqda (top-10)

O‘zbekistonliklar qaysi mamlakatlarga eng ko‘p safar qilmoqda (top-10)

Illyustrativ foto

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar-fevral oylarida 1 081 612 nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 49,3 ming nafarga oshgan.

2026-yilning dastlabki ikki oyida O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p borgan mamlakatlar (top-10):

  1. Qirg‘iziston — 426 421 nafar;
  2. Tojikiston — 179 390 nafar;
  3. Qozog‘iston — 166 017 nafar;
  4. Saudiya Arabistoni — 115 350 nafar;
  5. Rossiya — 62 054 nafar;
  6. Turkiya — 34 634 nafar;
  7. BAA — 26 449 nafar;
  8. Tailand — 10 946 nafar;
  9. Xitoy — 8 890 nafar;
  10. Misr — 8 872 nafar.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring