O‘zbekiston Global tinchlik indeksida ikki pog‘ona yuqoriladi
Iqtisodiyot va tinchlik instituti (Institute for Economics & Peace, IEP) e’lon qilgan mamlakatlarning xavfsizlik va tinchliksevarlik darajasi reytingida (Global Peace Index 2025) O‘zbekiston 67-o‘rinni egalladi.
Joriy yilgi indeks 163 ta davlat va hududni qamrab olgan — ularda sayyoramiz aholisining 99,7 foizi yashaydi.
Global Peace Index uchta guruhga birlashtirilgan 23 ta ko‘rsatkichga asoslanadi:
- jamoat xavfsizligi va himoyalanganlik darajasi;
- ichki va xalqaro nizolarning mavjudligi;
- harbiylashish darajasi
Islandiya qatorasiga 17-marta reyting yetakchisi bo‘ldi. Shuningdek, yetakchi beshlikka Yangi Zelandiya, Avstriya va Shveysariya kirdi.

Reyting mualliflari ushbu mamlakatlarda jamiyatda ishonch darajasi yuqoriligi va zo‘ravonlik ko‘rsatkichlari pastligini ta’kidlashgan.
O‘zbekiston ushbu reytingda 67-o‘rinda (96 mamlakatdan yuqorida) joylashgan. Global Peace Index O‘zbekistonni 2020-yilda — 103-o‘ringa, 2024-yilda 69-o‘ringa loyiq ko‘rgandi.

Reyting autsayderlari esa quyidagilar:
- Rossiya;
- Ukraina;
- Sudan;
- Kongo DR;
- Yaman.



Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter