Polsha nobiometrik pasportga ega rossiyaliklarni mamlakatga kiritmaydi
Yevrokomissiya saytida e’lon qilingan yangilangan hujjatga ko‘ra, 2026-yil 1-apreldan boshlab Polsha biometrik chipga ega bo‘lmagan, besh yil muddatga berilgan rossiyaliklarning xorijiy pasportlarini tan olishni to‘xtatadi.
Bunday pasportga ega rossiyaliklar Polshaga kiritilmaydi. Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan boshlab Polsha biometrik chipsiz diplomatik va xizmat pasportlarini ham tan olmaydi.
2025-yilga kelib, Yevropa davlatlarining bir qismi rossiyaliklarni besh yillik xorijiy pasport bilan kiritishni to‘xtatgan (ayrim hollarda yashash ruxsatnomasiga egalar uchun istisnolar mavjud). Bu davlatlar qatoriga Litva, Latviya, Estoniya, Fransiya, Chexiya, Daniya va Islandiya kiradi.
2026-yil 1-yanvardan boshlab ushbu ro‘yxatga Ruminiya va Germaniya ham qo‘shilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya fuqarolari hozirda ikki xil xorijiy pasport rasmiylashtirishi mumkin:
- besh yillik (eski namunadagi, biometrik chipsiz);
- o‘n yillik (yangi namunadagi, biometrik chipli).


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter