Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezidentning paxta-to‘qimachilik sohasiga oid qarori qabul qilindi

Prezidentning paxta-to‘qimachilik sohasiga oid qarori qabul qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Paxta-to‘qimachilik sohasi korxonalari yanada qo‘llab-quvvatlanadi.

«Paxta-to‘qimachilik sohasida moliyaviy barqarorlikni oshirish hamda tolani chuqur qayta ishlashni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–246-son, 29.06.2026-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2025-yilda o‘ziga biriktirilgan yer maydonlarida paxta yetishtirgan paxta-to‘qimachilik klasterlari va ular ta’sischi bo‘lgan korxonalarga Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan taqdim etilgan konturlarda paxta xomashosi yetishtirilganligi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tomonidan tasdiqlangan hollarda har bir gektar yer uchun 3 mln so‘mdan subsidiyalar ajratiladi.

Korxonalarning 2026-yil 1-iyunga qadar amalga oshirilgan bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalariga Prezidentning 2022-yil 21-yanvardagi PF–53-son Farmonida belgilangan miqdorlarda bo‘yash uskunalari xaridini subsidiyalash uchun nazarda tutilgan mablag‘ning qoldiq qismi hisobidan subsidiya ajratiladi.

2027-yil 1-iyulga qadar tadbirkorlarning barqarorlik reytingi bo‘yicha «A» va undan yuqori toifaga kiritilgan klasterlar va to‘qimachilik korxonalari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ining salbiy farq summasi tekshiruvlarsiz 20 kun muddatda qaytarilishi belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring