Qashqadaryoda fuqaroning uyidan qariyb 21 kilo «nasha» topildi
Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Chiroqchi tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda 1981-yilda tug‘ilgan muqaddam 2 marotaba sudlangan shaxsning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, 3 dona sintetik qopda saqlanayotgan 20 kg 658 gr marixuana giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur fuqaro kelgusida sotib, oson pul topish maqsadida ushbu ajal og‘usini yetishtirgan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 400 milliondan ortiq shaxs giyohvandlik illatiga duchor bo‘lib, uning oqibatida har yili 300 mingga yaqin odam hayotdan ko‘z yummoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter