Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish muddati uzaytirilishi mumkin

Qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish muddati uzaytirilishi mumkin

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tizimlashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

Qonun loyihasiga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish muddati amaldagi 30 yildan 49 yilgacha uzaytirilmoqda. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini ijaraga berishning eng ko‘p muddati ham 49 yil etib belgilanishi nazarda tutilgan.

Shuningdek, chet el fuqarolari, yuridik shaxslar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hamda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga qishloq xo‘jaligi yerlaridan ikkilamchi ijara huquqi asosida foydalanish tartibi belgilanmoqda.

Qonun loyihasida mudofaa ahamiyatiga ega yerlar, chegara hududlari, tarixiy-madaniy ahamiyatga ega yerlar hamda o‘rmon fondi yerlari chet elliklarga berilmasligi qat’iy belgilangan.

Bundan tashqari, noqishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish tartibi soddalashtirilib, yerlarni auksion orqali ijaraga olish va ularni qayta ijaraga berishga ruxsat etilishi nazarda tutilmoqda. Shuningdek, yakka tartibdagi uy-joylar joylashgan yer uchastkalari ijara huquqi asosida berilishi mustahkamlanmoqda.

Deputatlar ta’kidlashicha, mazkur qonun yer munosabatlarida huquqiy aniqlikni ta’minlash, davlat nazoratini kuchaytirish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish hamda yer resurslaridan samarali foydalanishga xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring