Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rio-de-Janeyrodagi qonli operatsiya: salkam 120 kishi halok bo‘lgan

Rio-de-Janeyrodagi qonli operatsiya: salkam 120 kishi halok bo‘lgan

Rio-de-Janeyroda mahalliy jinoiy to‘dalarga qarshi politsiya operatsiyasi davomida 119 kishi halok bo‘ldi. Shahar ombudsman idorasi esa jami 132 kishining o‘limi haqida xabar berdi

CNN Brasil xabariga ko‘ra, Braziliya xavfsizlik kuchlari operatsiyaning ikkinchi kunida 58 kishi halok bo‘lganini xabar qilishdi. O‘rmonda 61 qurbonning jasadi topildi. Bundan tashqari, 10 nafar voyaga yetmagan bola hibsga olindi va 118 ta qurol musodara qilindi. 

Rio-de-Janeyro ko‘chalarida giyohvand moddalar bo‘yicha kartellariga qarshi politsiya operatsiyasi 28-oktyabrda boshlandi. 2500 nafar huquqni muhofaza qilish organlari xodimi safarbar qilindi. Zirhli transport vositalari va vertolyotlar ham safarbar qilindi. Jinoiy to‘da a’zolari o‘t ochishga javoban dronlardan foydalanishdi. 

Rio-de-Janeyro gubernatori Klaudio Kastro shahar urush holatida ekanligini e’lon qildi. Maktablar va jamoat transporti to‘xtatildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring