Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun O‘zbekistonda yomg‘irli ob-havo, ayrim hududlarda qor yog‘adi

Bugun O‘zbekistonda yomg‘irli ob-havo, ayrim hududlarda qor yog‘adi

Foto: Xabar.uz

Bugun kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, shimolda ayrim joylarda qorga aylanadi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim hududlarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10–15° iliq bo‘ladi.

Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat 13–15° iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3–8° iliq bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring