Seulda fuqarolar uchun birinchi yer osti yadroviy bunkeri qurilmoqda

Bunker ushbu turarjoy majmuasi ostida joylashadi.
Janubiy Koreya poytaxtida fuqarolarni yadroviy zarbadan himoyalashga mo‘ljallangan birinchi yer osti bunkeri 2028-yilda qurib bitkaziladi. Bu haqda The Korea Herald xabar berdi.
Bunker Seuldagi turarjoy majmuasining yer osti uchinchi qavatida joylashtiriladi. U odamlarni yadroviy, biologik va kimyoviy hujumlardan himoya qiladi. Uning maydoni 2,1 ming kvadrat metr atrofida bo‘lib, 1 020 nafargacha odamni sig‘diradi. Bunker ventilyasiya, suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlariga ega. Odamlar u yerda ikki haftagacha qolishlari mumkin. Tinchlik paytlarida bu joy fitnes markazi vazifasini bajaradi.
Gazeta yozishicha, bu hududiy hokimiyat tomonidan qurilayotgan mamlakatdagi birinchi shunday darajadagi inshootdir. 16 ta binodan iborat turarjoy majmuasi loyihasi qariyb 70 foiz tayyor holatga kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter