Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston Global tinchlik indeksida ikki pog‘ona yuqoriladi

O‘zbekiston Global tinchlik indeksida ikki pog‘ona yuqoriladi

Foto: Xabar.uz

Iqtisodiyot va tinchlik instituti (Institute for Economics & Peace, IEP) e’lon qilgan mamlakatlarning xavfsizlik va tinchliksevarlik darajasi reytingida (Global Peace Index 2025) O‘zbekiston 67-o‘rinni egalladi.

Joriy yilgi indeks 163 ta davlat va hududni qamrab olgan ularda sayyoramiz aholisining 99,7 foizi yashaydi.

Global Peace Index uchta guruhga birlashtirilgan 23 ta ko‘rsatkichga asoslanadi:

  • jamoat xavfsizligi va himoyalanganlik darajasi;
  • ichki va xalqaro nizolarning mavjudligi;
  • harbiylashish darajasi

Islandiya qatorasiga 17-marta reyting yetakchisi bo‘ldi. Shuningdek, yetakchi beshlikka Yangi Zelandiya, Avstriya va Shveysariya kirdi.

Reyting mualliflari ushbu mamlakatlarda jamiyatda ishonch darajasi yuqoriligi va zo‘ravonlik ko‘rsatkichlari pastligini ta’kidlashgan.

O‘zbekiston ushbu reytingda 67-o‘rinda (96 mamlakatdan yuqorida) joylashgan. Global Peace Index O‘zbekistonni 2020-yilda 103-o‘ringa, 2024-yilda 69-o‘ringa loyiq ko‘rgandi.

Reyting autsayderlari esa quyidagilar:

  • Rossiya;
  • Ukraina;
  • Sudan;
  • Kongo DR;
  • Yaman.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring