Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shifokor tuxum tarkibidagi eng muhim xususiyatni oshkor qildi

Shifokor tuxum tarkibidagi eng muhim xususiyatni oshkor qildi

Foto: Delikateska.

Endokrinolog Margarita Belousova tuxum tarkibidagi muhim ozuqa moddalari haqida gapirdi. U bu haqda RIA «Novosti» nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi

Shifokor tuxum tarkibida ko‘plab muhim ozuqa moddalari borligini tushuntirdi.«Masalan, tuxum oqsili tarkibida organizm o‘zi ishlab chiqara olmaydigan, ammo hujayralar qurilishi va yangilanishi uchun zarur bo‘lgan to‘qqizta muhim aminokislotaning barchasi mavjud», deb ta’kidladi endokrinolog. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, tuxum tarkibida ko‘plab vitaminlar ham mavjud: teri va ko‘rish uchun muhim bo‘lgan A vitamini; asab tizimi uchun zarur bo‘lgan B vitamini; hujayralarni  zararli omillardan himoya qiluvchi Ye vitamini va immunitet tizimi uchun zarur bo‘lgan D vitamini. 

Bundan tashqari, tuxum tarkibida muhim mikroelementlar: xolin, selen, rux va temir mavjud. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, bu ozuqa moddalari miya faoliyati, immunitet tizimi va gematopoetik tizim uchun zarurdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring