Tramp Venesuelaning yangi yetakchisiga ham tahdid qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuelaning vaqtinchalik prezidenti Delsi Rodriges AQSh bilan hamkorlikdan bosh tortsa, «juda og‘ir oqibatlar»ga duch kelishi mumkinligini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rodriges hatto amaldagi prezident Nikolas Madurodan ham «yuqoriroq narx to‘lashi» ehtimoli bor.
«Agar u to‘g‘ri yo‘lni tanlamasa, juda yuqori narx to‘lashga to‘g‘ri keladi. Balki bu Maduroga nisbatan ham og‘irroq bo‘lar», – dedi Tramp The Atlantic nashriga bergan intervyusida.
Nashrning qayd etishicha, Tramp ushbu bayonoti orqali Rodrigesning AQSh bilan hamkorlikdan «ochiq va dag‘al rad etish»ga yo‘l qo‘ymasligini aniq anglatgan.
Avvalroq Donald Tramp The New York Post gazetasiga bergan intervyusida, agar Delsi Rodriges Vashington talablariga rozi bo‘lsa, AQShning Venesuelada harbiy ishtirok etishiga ehtiyoj qolmasligini aytgan edi.
«Agar u biz istagan ishlarni qilsa, harbiy kuch ishlatishga hojat bo‘lmaydi», – degan edi Tramp.
Tahlilchilarga ko‘ra, Tramp ma’muriyati Venesuelada hokimiyat masalasida bosimni yanada oshirmoqda. AQSh rasmiylari mamlakatdagi siyosiy o‘zgarishlar, energetika sohasi va mintaqaviy xavfsizlik masalalarida Karakasdan keskin imtiyozlar kutmoqda.
Eslatib o‘tamiz, AQSh Venesuelaga nisbatan bir necha yildan beri sanksiyalar, diplomatik bosim va siyosiy izolyasiya siyosatini yuritib keladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter