Eron tomonidan ogohlantirish: «Energetika tarmoqlarimizga zarba bo‘lsa, javob qaytaramiz»
Eronga yaqin manbalarda tarqalgan bayonotda mamlakat energetika infratuzilmasi nishonga olingan taqdirda, mintaqadagi davlatlarga qarshi javob choralari ko‘rilishi mumkinligi aytildi.
«Agar Eron elektr tarmoqlari nishonga olinsa, Fors ko‘rfazi bo‘yidagi davlatlarning barcha energetika infratuzilmalari dron va raketa zarbalari bilan nishonga olinadi», – deyiladi Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bayonotida.
Ushbu davlatlar AQShning yaqin ittifoqchilari sifatida tilga olingan.
Eslatib o‘tamiz, bu bayonot AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan Eronga nisbatan bildirilgan so‘nggi keskin bayonotlar, jumladan Ho‘rmuz bo‘g‘ozi masalasi va energetika infratuzilmalariga ehtimoliy zarbalar fonida yangradi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter