Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Isroil IIQK razvedka rahbari yo‘q qilinganini ma’lum qildi

Isroil IIQK razvedka rahbari yo‘q qilinganini ma’lum qildi

Isroil mudofaa vaziri Izrayel Kats Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi razvedka rahbari Majid Hodemiyning yo‘q qilinganini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra «Eron rahbarlari o‘zlarini nishon sifatida his qilishi kerak. Isroil ularni birma-bir topishda davom etadi».

IIQK ham Majid Hodemiyning halok bo‘lganini tasdiqladi. Eronning Tasnim agentligi keltirgan ma’lumotga ko‘ra, u 6-aprel kuni ertalab sodir etilgan «terroristik hujum» natijasida vafot etgan.

Majid Hodemiy 2025-yil iyunda ushbu lavozimga tayinlangan edi. Undan avvalgi rahbar Muhammad Kozemiy ham Isroil zarbasida halok bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi oylarda Eronning bir nechta yuqori lavozimli amaldorlari yo‘q qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring