Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erondagi urushga oid ayanchli raqam ochiqlandi

Erondagi urushga oid ayanchli raqam ochiqlandi

Urush boshlangandan buyon salkam 500 nafar eronlik ayol va bola qurbon bo‘lgani aytildi

Eronda AQSh-Isroil harbiy operatsiyasi boshlanganidan beri 246 ayol va 233 voyaga yetmagan bola halok bo‘lgan, dedi Islom Respublikasi hukumati vakili Fotima Muhajeroniy. 

«246 ayol halok bo‘ldi, ulardan 216 nafari 18 yoshgacha va 17 nafari 5 yoshgacha», dedi Muhajeroniy xonim. Uning bayonoti Tasnim agentligi tomonidan e’lon qilingan

Qizil Yarim Oy jamiyati Tehronga qarshi AQSh-Isroil harbiy operatsiyasi boshlanganidan beri 102 000 ta tinch aholi nishoniga zarba berilgani haqida xabar bergan edi. Hujumlarda halok bo‘lganlardan 1900 nafari Eron fuqarosi ekanligi xabar qilingan.

Oldinroq AQSh harbiy-dengiz kuchlarining USS Tripoli desant kemasi Yaqin Sharqqa yetib kelgani xabar berilgandi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring