Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xon va rafiqasining umumiy qamoq muddati 50 yildan oshirildi

Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xon va rafiqasining umumiy qamoq muddati 50 yildan oshirildi

Foto: Geo News

Pokiston sudi Toshohandagi ikkinchi korrupsiya ishi bo‘yicha mamlakat sobiq bosh vaziri Imron Xon va uning rafiqasi Bushra Bibini 17 yillik qamoq jazosiga hukm qildi, deb xabar berdi Geo News.

Bu yerda gap 2021 yilda sobiq birinchi juftlik Saudiya Arabistoni hukumatidan olgan davlat sovg‘alari bilan bog‘liq firibgarlik haqida ketmoqda. Bundan tashqari, sudlanuvchilarning har biriga 60 ming dollardan jarima solindi, deyiladi xabarda.

Bungacha 190 mln funt sterlinglik korrupsiya ishi yuzasidan Imron Xon 14 yilga, rafiqasi 7 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.

Shu tariqa, umumiy qamoq muddati Imron Xon uchun 31 yil, Bushra Bibi uchun 24 yilga yetdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring