Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaqin kelajakda saraton o‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha yetakchiga aylanadi

Yaqin kelajakda saraton o‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha yetakchiga aylanadi

Foto: Diego Cervo

Yaqin yillarda saraton kasalligi o‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha yurak-qon tomir kasalliklarini ortda qoldiradi. Bu haqda tibbiyot fanlari doktori, jarroh, Xalqaro saratonga qarshi kurash ittifoqi direktorlar kengashi a’zosi Mayra Kaleffi RIA Novostiga ma’lum qildi.

«Saraton butun dunyo bo‘ylab o‘limning asosiy sabablaridan biriga aylangan, prognozlarga ko‘ra, 2030-yilga borib u o‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘zib ketishi kutilmoqda. Shunga qaramasdan, aksariyat mamlakatlarda saratonga qarshi kurashga yetarlicha siyosiy va moliyaviy e’tibor qaratilmayapti. Bu esa uzoq istiqbolda muammoni yanada chuqurlashtiradi», — dedi Kaleffi.

Uning aytishicha, Lotin Amerikasi mamlakatlari profilaktika, diagnostika va davolashga yetarlicha sarmoya kiritmayapti. Eng yaxshi natijalarga ega mamlakatlar, odatda, saratonni davolashning tizimlashtirilgan tuzilmasiga, tashkillashtirilgan dasturlarga va ko‘proq ixtisoslashgan markaz hamda uskunalarga ega. Kaleffining fikricha, bu o‘lim darajasini sezilarli darajada kamaytiradi.

Yaqin o‘n yilliklarda saraton diagnostikasi va tegishli davolanishdan teng foydalanish imkoniyati asosiy muammolardan biriga aylanadi. Shu sababli profilaktika strategiyalari o‘ta zarur bo‘lib, ular ushbu prognozlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin, dedi mutaxassis.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring