Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy: Rossiyada benzin tanqisligi kuzatilyapti

Zelenskiy: Rossiyada benzin tanqisligi kuzatilyapti

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 8-oktyabr kuni qilgan murojaatida Rossiyadagi yoqilg‘i bozorida jiddiy tanqislik kuzatilayotganini ma’lum qildi.

«Bizga kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada yoqilg‘i – xususan, benzin tanqisligi 20 foizga yaqinlashdi. Ular zaxiradagi dizel yoqilg‘isini ham ishlata boshladi», – dedi Zelenskiy o‘z chiqishida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tomoni Rossiya hukumatiga bir necha bor urushni tugatish yoki kamida vaqtincha otashkesimga erishishni taklif etgan, ammo Putin barcha takliflarni rad etgan.

«Shu sababdan Rossiya urushning haqiqiy narxini his etishi adolatli bo‘ladi», – deb qo‘shimcha qildi Zelenskiy.

Ukraina harbiylari so‘nggi oylarda Rossiya hududidagi energetik obyektlarga, ayniqsa neftni qayta ishlash zavodlariga uzoq masofali zarbalar berib kelmoqda.
Bu hujumlar natijasida Rossiyaning qator mintaqalarida yoqilg‘i ta’minoti izdan chiqqan.

Neft va yoqilg‘i ta’minotidagi bu uzilishlar Rossiya iqtisodi uchun jiddiy xavf tug‘diradi.
Benzin tanqisligi ichki bozorda inflyasiyani tezlashtirishi, ayniqsa qish mavsumi arafasida transport va qishloq xo‘jaligi sohalariga bosimni kuchaytirishi mumkin.

Zelenskiy ta’kidlashicha, Ukraina hujumlari orqali «agressor iqtisodiy bosimni yanada kuchli his qila boshlagan» va Ukraina armiyasi «ancha aniqroq va samarali zarbalar berish darajasiga yetgan».

Manba: t.me

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring