Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Senatda «Riyeltorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonun ma’qullandi

Senatda «Riyeltorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonun ma’qullandi

Foto: Pinterest

Bugun, 7-aprel kuni bo‘lib o‘tayotgan Senat yalpi majlisida «Riyeltorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonun muhokama qilinib, ma’qullandi. Hujjat ko‘chmas mulk bozorida shaffoflikni ta’minlash va fuqarolar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda mamlakatda ko‘chmas mulk bozori jadal rivojlanib, yangi turar joylar barpo etilmoqda va ipoteka bozori kengaymoqda. Biroq bu jarayon bilan birga norasmiy vositachilar ko‘payishi va ayrim hollarda fuqarolar huquqlari buzilishi kabi muammolar ham yuzaga kelmoqda.

Senatorlar ta’kidlashicha, mavjud normativ-huquqiy baza zamonaviy talablarga to‘liq javob bermay qolgan. Shu sababli riyeltorlik faoliyatini qayta tartibga solish zarurati paydo bo‘lgan.

Qonunga muvofiq, riyeltorlik faoliyatining asosiy prinsiplari belgilab berilmoqda. Ular qonunchilikka rioya qilish, xolislik, halollik, axborot maxfiyligi va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik kabi mezonlarni o‘z ichiga oladi.

Bu talablar har bir riyeltorning mijoz oldidagi mas’uliyatini oshiradi va xizmat sifatiga nisbatan talablarni kuchaytiradi. Shu orqali bozor ishtirokchilari o‘rtasida ishonchni mustahkamlash ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, qonunda professional jamoat birlashmalarining o‘rni alohida belgilab berilgan. Ular riyeltorlarni sertifikatlash, malakasini baholash va kasbiy faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring