Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bojxona to‘lovlarini undirish tartibi soddalashtiriladi

Bojxona to‘lovlarini undirish tartibi soddalashtiriladi

Joriy yil 17-dekabr kuni Prezidentning «Bojxona ma’muriyatchiligi va tashqi savdo tartibotlarini yanada soddalashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–250-son farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, Chegara qo‘shinlari tomonidan shaxslarni pasport nazoratidan o‘tkazishda quyidagi asoslarga ko‘ra bojxona organlarini xabardor etish yo‘lga qo‘yiladi:

  • bojxona organlari axborot tizimida shaxsning bojxona nazoratidagi avtotransport mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot bo‘lsa;
  • shaxs bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganligi yoki buzish xavfi mavjud bo‘lsa.

2026-yil 1-iyundan:

  • tadbirkorlarga bojxona bojini 120 kungacha kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi;
  • bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlashning bosh ta’minoti turidan foydalanishda xavflarni boshqarish tizimining natijalaridan kelib chiqib, tadbirkorlarga pasaytirilgan miqdorda ta’minot taqdim etiladi.

2026-yil 1-iyuldan bojxona auditi doirasida:

  • audit o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirkorga yo‘l qo‘ygan kamchiliklari to‘g‘risida oldindan xabar bergan holda tadbirkorning o‘zi tomonidan ularni bartaraf etish imkoniyatini beruvchi «maslahatchi auditor» tamoyili yo‘lga qo‘yiladi;
  • bojxona organlari tomonidan tadbirkorlar faoliyatida o‘tkazilgan bojxona nazorati natijalari tadbirkorlarning barqarorlik reytingini aniqlashda inobatga olinadi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring