Bugun to‘rt viloyatda yomg‘ir va qor yog‘adi — «O‘zgidromet»
«O‘zgidromet»ning bugun, 22-dekabr uchun prognoziga ko‘ra, to‘rt viloyatda yog‘ingarchilik kutilmoqda.
Bugun kunduzi Buxoro, Navoiy, Surxondaryo viloyatlarida va kechga tomon Sirdaryo viloyatida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° iliq bo‘ladi.
Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-4° iliq bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° sovuq bo‘ladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter