Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Otashkesimga erishilgandan buyon Isroil G‘azoda kamida 700 kishini o‘ldirdi

Otashkesimga erishilgandan buyon Isroil G‘azoda kamida 700 kishini o‘ldirdi

Foto: Reuters

Yakshanba kuni Isroil tomonidan amalga oshirilgan havo zarbasi natijasida G‘azo sektori shimolida kamida 4 nafar falastinlik halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy sog‘liqni saqlash idoralari ma’lum qildi.

Tibbiyot xodimlariga ko‘ra, zarba G‘azo shahridagi Jaffa ko‘chasi, Darraj mahallasi yaqinida to‘plangan odamlar guruhiga berilgan. Hodisa oqibatida yana bir necha kishi jarohat olgan.

Isroil harbiylari esa bayonotida bu hujum «qo‘shinlarga tahdid solgan qurolli guruh a’zolariga qarshi» amalga oshirilganini bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yil oktyabrda erishilgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi hozirgacha bir necha bor buzilgan. Tomonlar o‘zaro ayblovlar bildirmoqda.

G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, sulh boshlanganidan beri Isroil o‘q uzishlari oqibatida kamida 700 kishi halok bo‘lgan. Isroil esa shu davrda 4 nafar harbiyi halok bo‘lganini ma’lum qilgan.

Ayni paytda, HAMAS delegatsiyasi Qohirada Misr, Qatar va Turkiya vositachilari bilan muzokaralar o‘tkazgan. Guruh qurolsizlanish masalasini faqat Isroil G‘azodan to‘liq chiqib ketishi kafolati bilan muhokama qilishini bildirgan.

Ekspertlar fikricha, qurolsizlanish masalasi hozircha muzokaralardagi asosiy to‘siq bo‘lib qolmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring