Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyalik mashhur bloger qamoqqa hukm etildi

Rossiyalik mashhur bloger qamoqqa hukm etildi

Yuriy Dud.

Rossiyalik mashhur bloger Yuriy Dud sirtdan bir yilu 10 oy qamoq jazosiga hukm qilindi

Qamoq muddati xorijiy agentlar uchun talablarni buzgani uchun sirtdan tayinlandi. 

Moskvaning Basmanniy sudi ta’kidlashicha, jazo muddati bloger Rossiyaga ekstraditsiya qilingan yoki mamlakatda hibsga olingan paytdan boshlab hisoblanadi. U umumiy tartibli koloniyada o‘tkaziladi. 

Mediazona ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyat ishi Dudga xorijiy agent yorlig‘isiz nashrlar uchun ilgari qo‘llanilgan jarimalar, shuningdek, 2025-yil may oyida uchta post asosida qo‘zg‘atilgan. 

Bu mazkur holat uchun birinchi real qamoq muddati. Prokuror xuddi shu jazoni so‘rab, "siyosiy nafrat sababi"ni og‘irlashtiruvchi holat sifatida tan olishni so‘ragan edi. 

Dudning advokati ishni ahamiyatsizligi sababli tugatishni so‘radi, postlar oddiy masalalarga tegishli ekanligini va shuning uchun siyosiy nafratni tashkil etmasligini ta’kidladi. 

Yuriy Dud rossiyalik jurnalist va bloger. U 10 milliondan ortiq obunachisi bo‘lgan "vDud" Youtube kanali tufayli keng mashhurlikka erishdi. 2022-yilda u Rossiyada xorijiy agent deb topildi, shundan so‘ng u mamlakatdan chiqib ketdi. 

Shu yilning iyul oyida Moskvaning Basmanniy sudi Dudni xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonunga rioya qilmagani uchun ikki oylik sirtdan hibsga olish jazosiga hukm qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring