Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Surxondaryoda 72 kilodan ortiq «kartoshka» qozongacha yetib bormadi

Surxondaryoda 72 kilodan ortiq «kartoshka» qozongacha yetib bormadi

Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida yashovchi, 2001-yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi «MAN» rusumli yuk avtotransport vositasi Afg‘onistondan «Termiz-avtomobil yo‘li» xalqaro o‘tkazish punktiga kirib kelgan vaqtda Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari va Bojxona idoralari xodimlari hamkorligida belgilangan tartibda ko‘rikdan o‘tkazildi.

Natijada, avtomashina yukxonasida kartoshka mahsulotlari borligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sinchkovlik bilan tekshirilganda esa, ularning orasiga xuddi kartoshka ko‘rinishida yasalgan 222 dona bo‘lakdan iborat, jami 72 kg 300 gr «gashish» moddasi yashirilganligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu katta miqdordagi giyohvandlik vositalari Rossiya Federatsiyasiga olib ketilayotgan bo‘lgan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring