Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tarixiy hodisa: Tramp Oq uyda ash-Shara bilan uchrashdi

Tarixiy hodisa: Tramp Oq uyda ash-Shara bilan uchrashdi

© Google

AQSh Prezidenti Donald Tramp kecha, 10 noyabr kuni Oq uyda Suriyaning muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Shara bilan uchrashdi. Bu haqda “Al-Jazeera” xabar berdi.

Suriya muvaqqat hukumati axborot vaziri Hamza Mustafo uchrashuvdan so‘ng, X’dagi sahifasida Damashq AQSh boshchiligidagi “Islomiy davlat” (IShID) terrorchi guruhiga qarshi xalqaro koalitsiyaga qo‘shilganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, bu bilan Suriya terrorizmga qarshi kurashda hamkor sifatidagi rolini mustahkamlagan va mintaqaviy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlagan.

Vazirning ta’kidlashicha, mazkur kelishuv “faqat siyosiy xarakterga ega, unda harbiy jihat mavjud emas”. OAVning qayd etishicha, Suriyaning AQSh boshchiligidagi koalitsiyaga qo‘shilishi Ahmad ash-Shara Vashingtonga tashrif buyurgani sababli oldindan kutilgan edi.

Uchrashuvdan so‘ng, Donald Tramp Suriya rahbarini “kuchli lider” deb atagan. Trampning fikricha, ash-Shara Suriyani “juda muvaffaqiyatli” davlatga aylantira oladi. AQSh Davlat departamenti esa Suriyaga qarshi sanksiyalardan ozod qilish muddatini yana 180 kunga uzaytirilganini xabar qilgan. Qolaversa, Tramp ash-Sharani avvaldan yoqtirgani va qo‘llab-quvvatlaganini bildirgan.

Qayd etish joiz, Ahmad ash-Shara Suriya 1946 yilda mustaqillikka erishganidan beri AQSh Prezidenti tomonidan Oq uyda qabul qilingan birinchi davlat rahbari bo‘ldi.

Ahmad ash-Shara 2024 yil oxirida o‘sha paytdagi prezident Bashar Asadni ag‘darib hokimiyatga kelgan. U avval Abu Muhammad al-Jo‘loniy nomi bilan tanilgan. 2003 yilda u Iroqda AQSh boshchiligidagi xalqaro terrorizmga qarshi koalitsiyaga qarshi kurashish uchun “Al-Qoida”ga qo‘shilgan. 2006 yilda u AQSh harbiylari tomonidan hibsga olingan va besh yil davomida Iroqdagi qamoqxonalarda saqlangan.

2011 yilda ozod etilgach, u “Jabhat an-Nusra” – Suriya bo‘limi bo‘lgan “Al-Qoida” guruhini tuzgan va boshqargan. Bu guruh bir muddat IShID bilan hamkorlik qilgan. 2017 yilda “Jabhat an-Nusra” qayta tuzilib, “Hay’at Tahrir ash-Shom”ga aylantirilgan va asosiy maqsadi Asadni ag‘darish bo‘lgan.

Joriy yilning 10 noyabr kuni “Fox News” telekanalida chiqish qilgan ash-Shara, “Al-Qoida” bilan aloqalari o‘tmishda qolgani, Tramp bilan uchrashuvda bu mavzu muhokama qilinmaganini aytgan.

2014 yilda IShID jangchilari Suriya va Iroqning katta hududlarini egallab olgan edi. Ash-Sharaning hayot yo‘lidan kelib chiqib gapirsak, u AQSh qo‘llab-quvvatlaydigan manzildan hech o‘tmagan, ammo Trampning “ash-Sharani avvaldan yoqtirardim” degan sifati mavhumligicha qolgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring