Tungi klub oldida jabrlanuvchini urib, komaga tushirgan shaxs 8 yilga qamaldi
Tungi klub oldida bir shaxsni urib, komaga tushirgan Akmal Shukurov 8,1 yilga qamaldi. Bu haqda Oliy sud xabar berdi.
Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida A. Shukurov (1995 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan)ga oid jinoyat ishini birinchi instansiyada ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni yakunlandi.
Sudning hukmiga ko‘ra A. Sh. Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi “ye” bandi, 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.
A. Sh.ga Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) tartibida 8 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining ushbu hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga apellyasiya/kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma’lum qilinadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter